Turdimovga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
09 dekabr 6754 1 daqiqa
Otabek To‘rabekovich Mavlonberdiyev Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, u hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan.
Otabek Mavlonberdiyev ushbu tayinlovga qadar Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Sirdaryo viloyati filiali rahbari lavozimida faoliyat olib borgan.
Yangi lavozimda u 2023 yildan buyon ishlab kelayotgan Bekzod Bazarbayevich Ismatov o‘rnini egallagan.
Eslatib o‘tamiz, 4 dekabr kuni Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlangandi.