Turarjoyga muhtoj qizlarga 1 xonali uylar beriladi
Jamiyat
−
28 iyun
12487O‘zbekistonda endilikda og‘ir sharoitga tushib qolgan uy-joyga muhtoj qizlar uchun 1 xonali ijtimoiy uylar quriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi hamda yoshlar bilan muloqot jarayonida ma’lum qildi.
Unda davlat rahbari bundan keyin ham qizlarning ta’lim olishi, daromad topishi, sharoitlarini yaxshilash borasidagi ishlar davom ettirilishini ta’kidladi. Jumladan, og‘ir sharoitga tushib qolgan uy-joyga muhtoj qizlar uchun 1 xonali ijtimoiy uylar quriladi. Ular ishga joylashib, oyoqqa turib olgunga qadar, ushbu uylarda 3 yil davomida bepul yashashi mumkin bo‘ladi.
Bu borada Prezident tomonidan hokimlarga ijtimoiy uylarning namunaviy loyihasini qilib, qurilishni boshlash vazifasi topshirildi.
Shuningdek, sog‘ligi sabab ishga qatnay olmaydigan qizlarning yashab turgan xonadonida masofaviy ish bilan ta’minlash choralari ko‘riladi. Bundan tashqari, uch yoshgacha farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi.
LiveBarchasi