To‘ra Bobolov lavozimidan ketdi

Jamiyat

image

To‘ra Bobolov Surxondaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi. 

“To‘ra Abdiyevich Bobolov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Surxondaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi”, deyiladi xabarda. 

To‘ra Bobolov 1970 yilda tug‘ilgan. 1992 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan, 1994 yildan 2003 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi Surxondaryo viloyati boshqarmasida turli lavozimlarda ishlagan, 2003-2004 yillarda Surxondaryo viloyati Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi raisi, 2004-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i, 2016-2017 yillarda Surxondaryo viloyati hokimligi hududlarni kompleks rivojlantirish yig‘ma boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan. U 2017 yildan 2019 yil apreliga qadar Surxondaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari edi. 2019 yil 1 may kuni To‘ra Bobolov viloyat hokimi etib tasdiqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

759

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing