Tuproqqal’a tumani “to‘rtligi” tayinlandi

Jamiyat

image

Avvalroq, Xorazm viloyatida yangi tashkil etilgan Tuproqqal’a tumaniga ilk bor IIB boshlig‘i tayinlangani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 20 aprel kuni Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining navbatdan tashqari birinchi sessiyasida bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi. Unga ko‘ra, Salayev Alisher Ro‘zmetovich Tuproqqal’a tumani hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

Alisher Salayev 2018 yilning 1 dekabr kunidan Gurlan tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
 
Bundan tashqari, G‘aybiyev Sultonboy Muhamadjanovich tuman prokurori, Allaberganov Ixtiyor Baxtiyorovich tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, Sultanov Inomjon Ikromovich tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimlariga tayinlanishgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Maslahatchisi Sherzod Kudbiyev, viloyat hokimi Farhod Ermanov hamda Tuproqqal’a tumanini tashkil etish bo‘yicha Respublika Ishchi guruhi a’zolari qatnashgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Tuproqqal'a tumani

Baholaganlar

119

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing