To‘palangda nima bo‘lyapti? To‘ra Bobolov aholiga murojaat yo‘lladi (video)

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatidagi To‘palang suv ombori to‘g‘oni suv qo‘yib yuborgani va atrofni suv bosgani haqidagi xabarlar tarqalgandi. Ushbu holat yuzasidan viloyat hokimi To‘ra Bobolov suv omboridan turib, videomurojaat yo‘lladi. 

“Bugun, 22 iyun kuni ertalab soat 8:14 da Sariosiyo tumani To‘palang suv omborining To‘palang GES qismida suv toshqini holati yuz bergan. Suv ombori to‘g‘oniga hech qanday talofot, shikast yetmagan. Hozirda suv sizib chiqish to‘xtatilgan. To‘palang GESning ichki qismida yuzaga kelgan kichik nosozlik bugunning o‘zida bartaraf etiladi. “Zarchob-1” va “Zarchob-2” GES esa maromda ishlab turibdi”, deydi hokim. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, hududda tegishli komissiya ish olib bormoqda. 

“Fuqarolarimizdan tushkunlikka tushmaslikni, sarosimaga berilmaslikni so‘raymiz. Hech qanday vahimaga o‘rin yo‘q!”, deydi Bobolov. 

Avvalroq, “O‘zbekgidroenergo” AJ holat yuzasidan munosabat bildirib, To‘palang suv ombori qoshida barpo etilgan To‘palang GESda 2-komponent modernizatsiya loyihasi amalga oshirilayotgani munosabati bilan bosimli quvurda sinov ishlari o‘tkazilgan vaqtda bosim quvuri to‘sini orqali 40 m3 suv chiqqanini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

903

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing