Tungi klub oldida yuz bergan janjalda PPX xodimi jarohatlandi
3-sahifa
−
23 fevral
9383Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar ichki ishlar organlari xodimlariga qarshilik ko‘rsatayotgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holatga poytaxt IIBB munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, 22 fevral kuni, taxminan, soat 23:30 larda Yunusobod tumanida joylashgan tungi klublardan birining oldida besh nafar (33 yoshli B.X., 32 yoshli N.Yo., 33 yoshli Sh.J., 50 yoshli M.I. va 32 yoshli Sh.O.) shaxslar jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimay, jamoat joyida mast holatda baqir-chaqir qilib, fuqarolarning osoyishtaligini buzgan.
Hodisa joyiga mazkur hududga jalb qilingan PPX xodimlari yetib kelib, ushbu fuqarolarni tinchlantirib, vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida tuman IIO FMBga borishlarini taklif qilgan. Biroq fuqarolar IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmay, ularga faol qarshilik ko‘rsatgan. Oqibatda PPX inspektori D.Tolipov jarohat olgan.
Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar Yunusobod tumani prokuraturasiga taqdim etilgan bo‘lib, tergovga qadar tekshiruv olib borilayotgani aytilmoqda.
LiveBarchasi