Tuman hokimlari va ularning o‘rinbosarlariga yangi majburiyat yuklandi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 27 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar bilan ishlar masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilyapti.

Yig‘ilishda tuman sektor rahbarlari esa, haftaning ikki kunini faqat yoshlar muammolarini hal etishga ajratishi belgilandi. Bir kun yoshlar bandligi bilan, ikkinchi kun ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bilan shug‘ullanadi.

“Sektor rahbarlari aniqlangan muammolarning yechimi bo‘yicha dasturlar ishlab chiqib, mahalliy kengashlarga kiritadi, ijrosi bo‘yicha har oyda xalq vakillariga hisobot berib boradi”, deydi Prezident.

Har bir tuman va shahar hokimining 6 ta o‘rinbosari, joylardagi tashkilot rahbarlari o‘z faoliyatini quyidagi ustuvor vazifalar asosida tashkil qilishi shart:

•    hokimning iqtisodiyot, investitsiyalar va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosarlari – bandlik masalalariga;

•    soliq idorasi, savdo-sanoat palatasi va tijorat banklari rahbarlari – yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilishga;

•    hokimning yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga;

•    tuman prokurori, ichki ishlar va mudofaa bo‘limi boshliqlari – uyushmagan yoshlar bilan ishlash, jinoyatchilikni jilovlash, ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishga mas’ul bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

473

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing