To‘qnashuvlar Iroq birligiga tahdid – Turkiya Bag‘doddagi voqealarga munosabat bildirdi

Olam

image

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Bag‘doddagi namoyishlar chog‘idagi zo‘ravonliklardan xavotir bildirdi.

“Bag‘doddagi voqealar mamlakat barqarorligi, birligi va xavfsizligiga tahdidga aylandi. Do‘st va qardosh Iroqning barqarorligi va xavfsizligi Turkiya uchun hayotiy ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan biz butun mamlakat bo‘ylab tarqalgan zo‘ravonlikdan xavotirdamiz”, deyiladi TIV bayonotida.

Vazirlik Bag‘doddagi ziddiyat tomonlarini sog‘lom fikr va vazminlikka chaqirdi.

“Hozirgi siyosiy mojarolar tinch yo‘l bilan va inklyuziv muloqot orqali hal etilishiga, Iroq xalqining tinchligi va farovonligi ta’minlanishiga umid qilamiz”, deyiladi vazirlik bayonotida.

29 avgust kuni iroqlik nufuzli shia teologi, “Sadr” harakati yetakchisi Muqtado as-Sadr siyosatni tark etishini ma’lum qildi.

“Men siyosiy ishlardan ketaman va siyosatdan butunlay ketishimni e’lon qilaman”, deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.

Shundan so‘ng Muqtado as-Sadr tarafdorlari Bag‘doddagi davlat tuzilmalari va xorijiy diplomatik missiyalar joylashgan “yashil hudud”dagi Prezident saroyi oldida to‘planishdi.

Xavfsizlik choralariga qaramay, bir guruh as-Sadr tarafdorlari Prezident saroyiga bostirib kirib, hukumatni iste’fo berishga chaqirdi.

Bag‘dodda al-Sadr tarafdorlarining namoyishi munosabati bilan komendantlik soati e’lon qilindi. Poytaxtga harbiylar kiritildi.


Maqola muallifi

Teglar

Iroqdagi namoyishlar

Baholaganlar

91

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar