To‘qayev O‘zbekistonga kelmoqda

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston davlat rahbari Qosim-Jomart To‘qayev ertaga, 5 aprel kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Xiva shahrida o‘tadigan muzokaralarda O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash hamda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.

O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini ko‘paytirish, iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, transport va energetika sohalarida infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish, gumanitar dasturlarni faollashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Davlat rahbarlari mintaqaviy kun tartibidagi masalalarni ham muhokama qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing