To‘qayev Putin huzuriga qaysi masalalar bo‘yicha borayotgani ochiqlandi
Olam
−
09 fevral 2022
7203Avvalroq, Qozog‘iston Prezidenti Qosim Jomart-To‘qayev joriy yilning 10-11 fevral kunlari Rossiyaga tashrif amalga oshirishi haqida xabar bergandik.
Rossiya va Qozog‘iston Prezidentlari Vladimir Putin va Qosim-Jomart To‘qayev 10 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda qo‘shni hududlardagi vaziyat, mintaqaviy mojarolarni muhokama qiladi va uchrashuv yakunlari bo‘yicha matbuot bayonoti beradi. Bu haqda Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, davlat rahbarlari Rossiya-Qozog‘iston ittifoqchilik munosabatlarining holati va rivojlanish istiqbollari, Yevroosiyo makonida integratsion hamkorlik masalalari va dolzarb xalqaro muammolarni muhokama qilishni rejalashtirmoqda.
“Albatta, davlat rahbarlari ishlarning ahvoli, yaqin hududlardagi vaziyat, mintaqaviy mojarolar yuzasidan fikr almashadi. Davlat rahbarlari muzokaralar yakunida matbuot bayonoti bilan chiqadi”, deya qo‘shimcha qilgan Peskov.
Peskov, shuningdek, “bu Rossiya Federatsiyasi katta ahamiyat berayotgan juda muhim tashrif ekanini” ta’kidlagan.
LiveBarchasi