To‘qayev Nazarboyevning rafiqasini milliy komissiyadan chetlatdi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev mamlakatning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevning rafiqasi Sara Nazarboyevani Xotin-qizlar ishlari bo‘yicha milliy komissiya a’zoligidan chetlashtirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
 
Respublika rahbari saytida Xotin-qizlar ishlari va oilaviy-demografik siyosat bo‘yicha milliy komissiya a’zolarining yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi, unda Qozog‘iston sobiq rahbarining rafiqasi yo‘q.

Milliy komissiyaga To‘qayev ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Aida Balayeva rahbarlik qiladi, deya qo‘shimcha qiladi nashr.

 

Kamronbey Kenjayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

88

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing