To‘qayev Nazarboyev kunini davlat bayrami maqomidan mahrum qildi

Olam

image

Bugun, 29 sentyabr kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev mamlakatning "Birinchi Prezidenti kuni"ni davlat bayramlari ro‘yxatidan chiqarib tashlash haqidagi qonunni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

“Davlat rahbari “Qozog‘iston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kinematografiya, madaniyat va bayramlar masalalari bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi”, deyiladi xabarda.

Ma’qullangan tuzatishlar bilan 1 dekabrga to‘g‘ri keladigan "Birinchi Prezident kuni" davlat bayramlari ro‘yxatidan chiqarildi.

Bundan tashqari, qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilib, 25 oktyabr – Respublika kuni milliy bayram, 16 dekabr – Mustaqillik kuni davlat bayrami sifatida belgilandi. Bungacha mustaqillik kuni milliy bayram maqomida bo‘lgan.

Qayd etish kerakki, Qozog‘istonning sobiq Prezidenti Nursulton Nazarboyev lavozimidan ketganidan 3 yil o‘tib, unga oid bir qancha qaror va qonunlar bekor qilindi. Xususan, uning nomi berilgan poytaxt Nur-Sulton shahriga ham Ostona nomi qaytarildi. Nazarboyevdan Elboshi rutbasi va qator imtiyozlar olib qo‘yildi.

Ma’lumot o‘rnida, Qozog‘istonda 1 dekabr Birinchi Prezident kuni sifatida nishonlanib kelingan. Bu haqdagi qaror  2011 yilda qabul qilingan va birinchi marta 2012 yilning 1 dekabrida nishonlangan. Bu kunning sanasi tasodifan tanlanmagan. 1991 yil 1 dekabrda Nursulton Nazarboyev birinchi xalq saylovlarida Qozog‘iston Prezidenti etib saylangan.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston parlamenti Senati deputatlari joriy yilning  22 sentyabr kuni respublikaning birinchi Prezidenti kunini davlat bayramlari ro‘yxatidan chiqarib tashlash to‘g‘risidagi qonunni qabul qilgan edi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

56

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing