To‘qayev Nazarboyev davrida boyiganlardan pullarini xalq bilan bo‘lishishni talab qildi

Olam

image

Bugun, 11 yanvar kuni Qozog‘iston Prezidenti va Xavfsizlik kengashi raisi Qosim-Jomart To‘qayev parlamentda yo‘llagan videomurojaatida mamlakat aholisining muhim muammolarini hal etish uchun ijtimoiy jamg‘arma tashkil etilishini e’lon qilib, oligarxlardan unga pul ajratishni talab qildi. 

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev davrida ko‘pchilik boyigan va ular jamg‘armalarga pul o‘tkazib turadi. 

“Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti tufayli mamlakatda serdaromad kompaniyalar paydo bo‘ldi, boylar ko‘paydi va biz ularning har birini yaxshi taniymiz. Ular har yili mazkur jamg‘armaga mablag‘ o‘tkazib turishadi”, dedi To‘qayev.

Prezidentga ko‘ra, jamg‘arma "Qozog‘iston xalqiga" deb nomlanadi. U sog‘liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash sohasidagi muammolar bilan shug‘ullanadi. 

“Soyada qolayotganlardan ham jamg‘armani boyitishda faol ishtirok etishlarini so‘rayman va buni kutib qolaman. Birgalikda Yangi Qozog‘istonni barpo etamiz!”, dedi To‘qayev.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda vazir, deputat va hokimlarning maoshi besh yilgacha oshirilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

432

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing