Qozog‘istonda amaldorlarning maoshi besh yilga muzlatildi
Olam
−
11 yanvar 2022
9039Qozog‘istonda vazir, deputat va hokimlarning maoshi besh yilgacha oshirilmaydi. Bu haqda bugun, 11 yanvar kuni Qozog‘iston Prezidenti va Xavfsizlik kengashi raisi Qosim-Jo‘mart To‘qayev parlamentda yo‘llagan videomurojaatida aytib o‘tdi.
“Hukumat a’zolari, deputatlar, viloyat hokimlari va o‘rinbosarlarining maoshlarini oshirishga besh yillik moratoriy e’lon qilinishi kerak, deb hisoblayman”, dedi To‘qayev.
Prezident bu qarorni amaldorlarning maoshi “juda yetarli” ekanligi bilan asosladi. Shuningdek, To‘qayevning so‘zlariga ko‘ra, davlat organlari rahbarlari xalq bilan qanday muloqot qilishni bilmaydi.
“Hukumat a’zolari muntazam ravishda hududlarga borishi, hokimlar esa aholi bilan uchrashuvlar tashkil etishi kerak” dedi davlat rahbari.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bugun, 11 yanvar kuni parlamentda yo‘llagan videomurojaatida Kollevtik xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga a’zo davlatlarning harbiy kuchlari qachon mamlakatni tark etishiga aniqlik kiritgan edi. To‘qayevga ko‘ra, KXSHT kontingentini Qozog‘istondan olib chiqish ikki kundan keyin boshlanadi.
LiveBarchasi