To‘qayev Mudofaa vazirini almashtirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Qozog‘iston Prezident Qosim-Jomart To‘qayev shu kunga qadar Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Milliy gvardiya bosh qo‘mondoni lavozimida ishlab kelgan Ruslan Jaqsiliqovni Mudofaa vaziri etib tayinladi. Bu haqda “Oq O‘rda” saytida ma’lum qilindi.

“Ruslan Jaqsiliqov Qozog‘iston Respublikasi Mudofaa vaziri etib tayinlansin”, deyiladi farmonda.

Davlat rahbarining boshqa farmoni bilan Mudofaa vaziri Murat Bektanov lavozimidan ozod etildi.

To‘qayev, shuningdek shu kunga qadar Milliy gvardiya Bosh qo‘mondoni birinchi o‘rinbosari – Bosh shtab boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Yerkin Bo‘taqanovni Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Milliy gvardiya Bosh qo‘mondoni etib tayinlash haqidagi farmonni ham imzoladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

252

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing