To‘qayev Mirziyoyevni referendum muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabrikladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan 1 may kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotida oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalari va yirik kooperatsiya loyihalarining borishi muhokama qilindi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat avvalida Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev joriy yil 30 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan dildan qutladi.

Mirziyoyev, o‘z navbatida, Qozog‘iston yetakchisi va qardosh xalqini davlat bayrami – Birdamlik kuni bilan samimiy tabrikladi.

Muloqot chog‘ida davlat rahbarlarining qarorlarini o‘z navbatida amalga oshirish, eng avvalo, ustuvor tarmoqlardagi kooperatsiya dasturlarini tayyorlash va bajarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shu munosabat bilan hukumatlarga shu hafta Toshkent shahrida o‘tadigan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi davomida qo‘shma loyihalarni jadallashtirish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rish topshirildi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari bo‘lajak tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdilar.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev referendum Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing