To‘qayev Mirziyoyev bilan aloqalarni mustahkamlashdan manfaatdorligini aytdi

Olam

image

Qozog‘iston O‘zbekiston bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashdan manfaatdor. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti bugun, 22 dekabr kuni Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan o‘tgan uchrashuvda so‘z ochdi. 

Qosim-Jomart To‘qayev Shavkat Mirziyoyevga mehmondo‘stligi uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekistonga bugungi davlat tashrifi muhimligini ta’kidladi. 

“Biz O‘zbekiston bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashdan manfaatdormiz. Qadim-qadimdan qozoqlar va o‘zbeklarni buzilmas do‘stlik, o‘zaro hurmat birlashtirgan qardosh xalqlar bo‘lib kelgan. Bizni umumiy madaniyatlar, an’analar, tillar va dinlar bog‘lab turadi. Tarixi va taqdiri mushtarak mamlakatlarimizning maqsadlari va rivojlanish istiqbollari mushtarak. Shu bois bugungi tashrifga alohida ahamiyat beraman. Ishonchim komilki, biz munosabatlarimizni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqamiz. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik qanchalik mustahkam va muvaffaqiyatli bo‘lsa, Markaziy Osiyodagi vaziyat shunchalik barqaror bo‘ladi”, deydi To‘qayev. 

Davlat rahbari Prezident Shavkat Mirziyoyevning yaqinda qabul qilingan Murojaatnomasi bilan tanishganini aytdi. Uning fikricha, ushbu asosiy hujjat O‘zbekiston taraqqiyoti va rivojlanishi uchun yangi istiqbollarni ochib beradi. 

O‘z navbatida Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston rahbarini Prezident saylovidagi g‘alabasi bilan tabriklagan. 

Suhbat chog‘ida davlat rahbarlari Qozog‘iston-O‘zbekiston strategik sherikligining asosiy masalalarini muhokama qilgan. 

Qozog‘iston va O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng yirik savdo sheriklari hisoblanadi. Joriy yil yakuniga ko‘ra o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 35 foizga oshib, 5 milliard dollarga yaqinlashdi, bu esa sanoat, mashinasozlik, logistika, transport, energetika sohalarida qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

42

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing