To‘qayev KXSHT davlatlari rahbarlariga qo‘ng‘iroq qilib, rahmat aytdi
Olam
−
13 yanvar 2022 3603 1 daqiqa
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bugun, 13 yanvar kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon va Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi.
To‘qayev hamkasblariga bugun, 13tyanvar kuni mamlakatdan KXSHT tinchlikparvar kontingentining olib chiqilishi boshlangani haqida ma’lum qildi va Qozog‘istondagi terakt vaqtida ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi.
Putin bilan muloqotda KXSHTga a’zo davlatlar kontingentlarini Qozog‘iston Respublikasi hududidan kelishilgan holda olib chiqib ketishni boshlash bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 13 yanvar kuni Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining tinchlikparvar kontingenti Qozog‘istondan chiqishni boshladi. Ma’lum qilinishicha, KXSHT kuchlarining Qozog‘istonni tashlab chiqib ketishiga 10 kun ketadi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr