To‘qayev Xorazmga keldi (video)
Jamiyat
−
05 aprel 2024 21316 1 daqiqa
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qozog‘iston rahbarini ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan Urganch xalqaro aeroportida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Milliy qo‘shiq va raqslardan iborat tantanali marosim bo‘ldi.

Tashrif dasturidan ikki davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvi, shuningdek, Xiva shahridagi korxonalar va madaniyat maskanlariga qo‘shma tashrif o‘rin olgan.
Live
Barchasi