To‘qayev Qozog‘istonning yangi Bosh vazirini tayinladi
Olam
−
11 yanvar 2022
8684Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bugun, 11 yanvar kuni Alixan Smoilovni Qozog‘iston Bosh vaziri etib tayinladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
“Smailov Alixan Asxanovich Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri etib tayinlansin”, deyiladi hujjatda.
Avvalroq, parlament quyi palatasi uning nomzodini ma’qullagan edi. Yig‘ilish “Xabar-24” telekanali orqali namoyish etildi. To‘qayev parlamentda videomuloqot orqali so‘zga chiqib, deputatlarga hukumat rahbari lavozimiga Smoilov nomzodini ko‘rib chiqishni taklif qildi.
5 yanvar kuni noroziliklar kuchayib borayotgan bir paytda To‘qayev Asqar Mamin boshchiligidagi sobiq hukumat iste’fosini qabul qildi. O‘shandan beri vazirlar yangi Vazirlar Mahkamasi tayinlangunga qadar vazifasini bajaruvchi maqomida ishlashda davom etishdi. Va Mamin o‘rniga Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Alixon Smoilov Bosh vazir bo‘ldi.
Smoilov 49 yoshda, 2020 yil may oyidan beri Qozog‘iston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Bungacha u Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – Moliya vaziri, turli yillarda Qozog‘iston Moliya vaziri, Prezident yordamchisi lavozimlarida ishlagan.
Qonunchilikka ko‘ra, Bosh vazir yangi hukumat tuzilmasi va tarkibi bo‘yicha takliflarni o‘zi tayinlanganidan keyin o‘n kun muddatda Prezidentga kiritadi. Parlament quyi palatasi qo‘mitalari yig‘ilishlarida deputatlar bir qator ixtisoslashgan vazirlar nomzodlarini kelishib olishlari shart.
LiveBarchasi