To‘qayev “Qonli yanvar” sirlarini ochdi. Fitna boshida xalq emas, xavfsizlik kuchlari

Olam

image

Qozog‘istonning tashqi va ichki dushmanlari yanvar oyida bo‘lib o‘tgan tartibsizliklar paytida hokimiyatni egallab olishni rejalashtirgan edi. Bu haqda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bugun, 16 mart kuni mamlakat xalqiga murojaatida aytib o‘tdi. 

Ayni vaqtda Prezident To‘qayev mamlakat parlamentida xalqqa murojaat qilmoqda. 

"Aqlli jinoyatchilar, qurolli to‘dalar, sotqin amaldorlar yashirin guruh tuzdilar. Bizning tashqi va ichki dushmanlarimiz rozi bo‘lib, hokimiyatni egallab olmoqchi bo‘ldi. Ular aholini ataylab gijgijlashdi", deydi To‘qayev yanvar oyidagi tartibsizliklar haqida gapirar ekan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istondagi tartibsizliklardan maqsad mamlakatning amaldagi rahbariyatini chetlatish edi.  

"Terrorchilar davlat idoralari, strategik ob’ektlar va tadbirkorlik ob’ektlariga hujum qildi, tinch aholiga qarata o‘q uzdi, hukumatni qoralashdi. Xorijiy radikal kuchlar bularning barchasidan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanmoqchi bo‘ldi. Ular Qozog‘istonni jang maydoniga aylantirib, tinch hayotimizni barbod qilmoqchi bo‘ldilar. Ular Prezidentni hokimiyatdan chetlatishni xohladi”, deydi u. 

Prezidentning qayd etishicha, Qozog‘istonda yanvar voqealari chog‘ida xavfsizlik kuchlarining fitnasi bo‘yicha tergov davom etmoqda.  

"Xavfsizlik kuchlari va ularning sheriklari fitnasi bo‘yicha ish bo‘yicha tergov maxfiylikda jadal sur’atlarda davom etmoqda. Oldinda guvohlar bilan ishlash, ekspertiza o‘tkazish, turli ma’lumotlarni o‘rganish bo‘yicha ko‘p ish turibdi", deydi To‘qayev. 

Qozog‘iston Prezidenti, shuningdek, mamlakatda global inqirozdan chiqish uchun zarur resurslar mavjudligini ta’kidladi.

"Mamlakatimizda keng ko‘lamli inqirozdan chiqish uchun barcha zarur zaxira va vositalar mavjud. Hukumat zudlik bilan inqirozga qarshi ustuvor kompleks chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirishi shart. Bunda birinchi navbatda milliy valyuta barqarorligini ta’minlash zarur", deydi u. 

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda tartibsizliklarga aylangan ommaviy namoyishlardan so‘ng yuqori martabali maxsus xizmat xodimlarini hibsga olish boshlandi. Dastlab Masimov Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari lavozimidan chetlashtirilib, davlatga xiyonatda gumon qilinib, hibsga olindi. Uning o‘rniga Sagimbayev tayinlandi. Shuningdek, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarining o‘rinbosarlari — Anuar Sadiqulov va Daulet Yergojin ham o‘z lavozimlaridan chetlashtirildi. 13 yanvar kuni Masimov hokimiyatni zo‘rlik bilan egallab olish va mansab vakolatini suiiste’mol qilishga qaratilgan harakatlarda ham gumon qilinayotgani ma’lum bo‘ldi. Sadiqulov va Yergojinning hibsga olingani haqida ham aytildi. Keyinroq, Masimov va Sadiqulov sud tomonidan hibsga olingan va ish “o‘ta maxfiy” toifasiga kiritilgan. 7 fevral kuni Yergojin ham sud sanksiyasi bilan hibsga olingan

Ayni vaqtda Qozog‘istonda Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisining sobiq o‘rinbosari Marat Osipov mansab vakolatini suiiste’mol qilganlikda gumonlanmoqda. 23 fevral kuni sudning sanksiyasi bilan Marat Osipovga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

364

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing