To‘qayev Borrel bilan uchrashdi
Olam
−
02 avgust
2418Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili – Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Josep Borrel bilan uchrashdi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, suhbat chog‘ida Qozog‘iston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.
“Xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar, Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlik yuzasidan fikr almashildi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, yaqin kelajakda Samarqand shahrida birinchi “Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi” sammiti o‘tkazilishi kutilmoqda.
LiveBarchasi