To‘qayev Blinken bilan uchrashdi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bugun, 28 fevral kuni Ostonada AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashdi. Uchrashuv chog‘ida respublika AQSH bilan strategik hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini aytdi. Bu haqda Qozog‘iston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

“Sizning tashrifingiz strategik hamkorligimizni rivojlantirishga qo‘shimcha turtki berish nuqtai nazaridan ayniqsa muhimdir. Xavfsizlik, energetika, savdo va sarmoya kabi strategik muhim sohalarda juda yaxshi va ishonchli uzoq muddatli sheriklik mavjud. Shu bois, biz bundan keyin ham hamkorlik qilishga tayyormiz. Fursatdan foydalanib, Amerika Qo‘shma Shtatlarining mustaqilligimiz, hududiy yaxlitligimiz va suverenitetimiz uchun doimiy va kuchli qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorchiligimizni bildirmoqchiman”, degan Qozog‘iston rahbari.

Shuningdek, To‘qayev Qo‘shma Shtatlar Qozog‘istondagi eng yirik sarmoyadorlardan biri bo‘lib, hazirda mamlakatga jami 62 milliard dollardan ortiq AQSH sarmoyasi kiritilganini qayd etgan. Bundan tashqari, u AQSHning C5+1 formatida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini olqishlab, Ostona shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH tashqi siyosat idoralari rahbarlarining uchrashuvlarini o‘tkazish muhimligini aytgan.

O‘z navbatida, AQSH Davlat kotibi To‘qayevga mehmondo‘stligi uchun minnatdorlik bildirgan va unga AQSH Prezidentining salomini yetkazgan. Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar diplomatiyasi rahbari Qozog‘istondagi siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlarni yuqori baholashini aytgan. 

“Bizning munosabatlarimiz mustahkam va u yanada yaxshilanadi. Biz bu yo‘nalishga sodiqmiz. Shu bilan birga, bugun Ostonada markaziy osiyolik sheriklarni bir joyga to‘plaganingiz uchun siz va jamoangizdan minnatdormiz. Umid qilamanki, biz hamkasblarimiz bilan birga mintaqani birlashtirish, mustahkam aloqalarni yaratish, yaqinroq hamkorlik qilish, amaliy ishlarga e’tibor qaratish bo‘yicha yanada aniq ishlarda ishtirok etamiz”, degan Blinken To‘qayev bilan uchrashuvda. 

Eslatib o‘tamiz, AQSH Davlat kotibi Ostonadagi uchrashuvlardan so‘ng, O‘zbekistonga kelishi va Prezident Mirziyoyev bilan ko‘rishishi rejalashtirilgan.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing