To‘qayev Bakuga bordi

Olam

image
0:00
0:00
download

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bugun, 24 avgust kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Bakuga keldi. Ozarbayjon poytaxti aeroportida Qozog‘iston rahbarini Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Yoqub Ayubov va Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xalaf Xalafov kutib oldi.

 Prezident Ilhom Aliyevning Bakudagi qarorgohida Qozog‘iston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Ikki davlatning davlat bayroqlari hilpirab turgan maydonda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. 

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan uchrashdi. 

Qozog‘iston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasining davlat madhiyalari yangradi. 

Ozarbayjon delegatsiyasi Qozog‘iston Prezidentiga, Qozog‘iston delegatsiyasi esa Ozarbayjon Prezidentiga taqdim etildi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, tashrif doirasida Qozog‘iston va Ozarbayjon Prezidentlarining tor va kengaytirilgan tarkibda muzokaralari rejalashtirilgan.

Muzokaralar kun tartibidan savdo-iqtisodiy, transport-logistika va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari joy olgan. Uning yakunlari bo‘yicha qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev so‘nggi xorijiy safarini Rossiyaga amalga oshirgan edi. U Sochida Prezident Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazgan.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

43

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing