To‘qayev armiyani shay holatga keltirishni buyurdi

Olam

image

Bugun, 5 sentyabr kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Olmaota viloyatida bo‘lib o‘tgan mamlakat armiyasining strategik qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlariga tashrif buyurib, ishtirokchi bo‘linmalarning tayyorgarlik darajasini baholadi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, To‘qayev bunday harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazish bugungi kunda dunyoda hukm surayotgan murakkab geosiyosiy vaziyatda o‘ta muhim va samarali ekanini qayd etgan.

“Bugungi kunda jahon mudofaa tizimida keng ko‘lamli o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Urushning gibrid turlari keng tarqalmoqda. Hujumlar nafaqat harbiy, balki axborot, psixologik, siyosiy, iqtisodiy ham bo‘lishi mumkin. Shuning uchun Qozog‘iston Qurolli kuchlari har qanday chaqiriqlarga tayyor turishi kerak. Bu zamonaviy professional armiyaga qo‘yiladigan asosiy talab”, degan To‘qayev.

Shuningdek, Qozog‘iston yetakchisi armiya eng murakkab jangovar topshiriqlarni ham bajarishga shay bo‘lib turishi kerakligini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston armiya Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing