To‘qayev Aqto‘bedagi YTHda halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart To‘qayevga Aqto‘be viloyatida ro‘y bergan avtomobil halokatida vafot etganlarning oila a’zolariga bildirilgan chuqur hamdardlik uchun o‘z minnatdorligini ifoda etdi. Bu haqda Sherzod Asadov xabar berdi.

Qayd etilishicha, Mirziyoyevning maktubida yo‘l-transport hodisasi sabablarini aniqlash va marhumlarni olib kelishda O‘zbekistonning maxsus Hukumat komissiyasi va idoralariga Qozog‘iston Hukumati tomonidan ko‘rsatilayotgan har tomonlama ko‘mak uchun ham tashakkur izhor etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati Marjonbuloq qishlog‘idan o‘tgan Samara-Chimkent trassasida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev mas’ullarga baxtsiz hodisada vafot etganlarni O‘zbekistonga olib kelish topshirig‘ini berdi.

Shundan so‘ng, vafot etganlarni Mudofaa vazirligining maxsus havo borti orqali O‘zbekistonga olib kelish va dafn etish marosimlarini o‘tkazish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tuzilib, kerakli barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilayotgani aytildi. Aqto‘beda halok bo‘lganlarning jasadini olib kelish uchun maxsus bort Qozog‘istonga uchdi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Shavkat Mirziyoev Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing