Tug‘uruq kompleksi zamonaviy perinatal markazga aylantirildi

Biznes

image

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Tibbiyot xodimlari kuni arafasida ajoyib sovg‘a hozirladi. Bugun kombinat homiyligida to‘liq ta’mirlangan Olmaliq shahar tumanlararo perinatal markazi foydalanishga topshirildi.

Mazkur tibbiy muassasaning tantanali ochilish marosimida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari, OKMK rahbariyati va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olgan OKMK boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov kombinat tomonidan ijtimoiy sohani qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bardavomlik kasb etishini ta’kidlab, tug‘ruq kompleksi endilikda hududiy perinatal markaziga aylantirilganini bildirdi. Tadbir davomida ob’ektning ta’mir ishlarida ishtirok etgan bir guruh quruvchilar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Ramziy lenta qirqilib, perinatal markazning ramziy kaliti markaz direktori Malika Umrzoqovaga topshirilib, muassasa rasman o‘z faoliyatini boshladi.

Ta’mir ishlari pudrat tashkiloti “SIMVOL SERVIS STROY“ MCHJ tomonidan amalga oshirilib, binoning barcha bo‘limlari zamonaviy qiyofaga keltirildi.

Ushbu tibbiy muassasa avval 90 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lsa, endilikda 120 o‘ringa yetkazildi. Markaz to‘liq raqamlashtirilgan holda faoliyat yuritib, barcha zaruriy  tibbiy uskunalar bilan jihozlandi. Ayolning homilador bo‘lgan kunidan boshlab to tug‘ruqqacha bo‘lgan davr markaz tomonidan nazoratga olinadi.Tug‘ruq kompleksi binosida homilador ayollar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, tibbiy xizmat sifatini oshirish uchun zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilgan bo‘lib, tibbiy muassasa to‘liq raqamlashtirilgan holda faoliyat olib boradi.

Binoning issiqlik, sovuq va suv tizimi hamda kanalizatsiya quvurlari ham butkul yangilandi. Xonalarda santexnik jihozlari, yoritish chiroqlari almashtirilib, yong‘inga qarshi signalizatsiyalar, videokuzatuv va aloqa tizimlari o‘rnatildi. Ob’ekt hududidagi 2ta alohida bino issiq yo‘lak bilan birlashtirildi. Bu sovuq kunlarda bemorlarga yanada qulaylik yaratadi. Ushbu binolarni bog‘lovchi o‘tish yo‘lagini qurilishini, hovlining obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti  mehnat jamoasi amalga oshirdi. Markazning reanimatsiya bo‘limi esa kombinat mutaxassislari tomonidan kislorod yetkazib berish uskunasi bilan jihozlandi. Mazkur ob’ektning qurilish ishlariga 12,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.

Olmaliq shahar tumanlararo perinatal markazi direktori Malika Umrzoqovaning ma’lum qilishicha ushbu markaz endilikda markaz nafaqat shahrimiz ahliga, balki, Ohangaron tumani va shahri, Piskent tumani, Nurafshon va Angren shaharlari aholisiga ham xizmat ko‘rsatadi.
Ma’lumot uchun:joriy yilning iyul oyida kombinat homiyligida Tibbiy sanitar qismi kapital ta’mirlanib, foydalanishga topshirilgan edi. Ushbu tibbiy muassasaning ta’mir ishlariga 12 mlrd so‘m mablag‘ sarflangan.

Bir so‘z bilan aytganda Olmaliq shahrida xalqimizga o‘z vaqtida sifatli, samarali tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi yaratildi.
OKMK Axborot xizmati

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing