Tug‘ilganlikni qayd etish xizmatlari soddalashtirildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” qaroriga asosan tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Qayd etilishicha, ariza beruvchi o‘z xohishiga ko‘ra ushbu kompleks xizmatlarning barchasidan bir vaqtda yoki ayrimlaridan foydalanishi mumkin, bolani doimiy ro‘yxatga qo‘yish bundan mustasno.

Bunda:

tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Manzil” axborot almashinuvi tizimi orqali bolani otasi yoki onasi yohud vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi doimiy ro‘yxatda turgan manzili bo‘yicha 1 ish kuni ichida ro‘yxatga qo‘yadi va ariza beruvchiga xizmat natijasi bo‘yicha SMS xabar yuboradi.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining maktabgacha ta’limni boshqarishning axborot tizimi avtomatik ravishda bolani so‘rovnomada ko‘rsatilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga navbatga qo‘yadi va ariza beruvchiga xizmat natijasi bo‘yicha SMS xabar yuboradi;

Pensiya jamg‘armasining “Pensiya” axborot tizimi avtomatik ravishda farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini rasmiylashtiradi va ariza beruvchiga xizmat natijasi bo‘yicha SMS xabar yuboradi.

Bolaning otasi yoki onasi shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni ko‘rsatgan holda, bola tug‘ilgandan boshlab 6 oy muddat ichida bir martalik nafaqa pulini olish uchun Xalq bankining istalgan filialiga murojaat qiladi;

Xalq banki filiali bir martalik nafaqa to‘lovini olish uchun murojaat qilgan fuqaroning nafaqaga bo‘lgan huquqini Pensiya jamg‘armasiga elektron so‘rov yuborish orqali tasdiqlaydi hamda oldindan moliyalashtirilgan mablag‘lar hisobidan nafaqa to‘lovini amalga oshiradi. Bunda, to‘lov amalga oshirilganligi haqida ma’lumot ariza beruvchiga SMS xabar orqali yuboriladi.

Bir martalik nafaqani olish uchun murojaat qilgan shaxs bunga huquqi bo‘lmasa, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa, nafaqani olish uchun bola tug‘ilgandan boshlab 6 oydan keyin murojaat qilsa, ushbu nafaqa avval ota yoki onasining biriga to‘lab berilgan bo‘lsa bir martalik nafaqani to‘lash rad etiladi;

Sog‘liqni saqlash vazirligining “Elektron poliklinika” axborot almashinuvi tizimi ona ro‘yxatda turgan poliklinikaga (ro‘yxatda turmagan taqdirda doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan yashash manzilidagi poliklinikaga) bolani ro‘yxatga qo‘yadi va ariza beruvchiga ro‘yxatga qo‘yilganligi haqidagi xabarni SMS orqali yuboradi.

Bir martalik nafaqa miqdoridan quyidagi miqdordagi mablag‘lar chegirib qolinadi:

bolani doimiy ro‘yxatga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi miqdoridagi davlat boji;

tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani rasmiylashtirganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdoridagi gerb yig‘imi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

182

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing