To‘dako‘l sohilidan yirik mavjudot topildi. U haqida nimalar ma’lum?
Bu qiziq
−
16 fevral 2021
70133Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatidagi To‘dako‘l sohilidan yirik mavjudot topilgani haqida xabarlar tarqaldi. O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ushbu xabarlarga izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu baliq Kamarbaliq yoki Seldlar qiroli deb nomlanadi. Tinch, Atlantika va Hind okeanlarining issiq, o‘rtacha issiq va mo‘’tadil suvlarida, asosan tropik mintaqada va O‘rta yer dengizi havzasida, shuningdek, Shimoliy-Sharqiy Atlantikada – Islandiya suv havzalarida va Shimoliy dengizda 500-700 m, ba’zan 1000 m chuqurliklarda uchraydi.
Uning uzunligi 3 metrgacha boradi. Iste’mol qiladigan ozuqa turiga ko‘ra, kamarbalig‘i yirtqich – planktofagadir: uning ozuqasida kichik plankton qisqichbaqasimonlar, mayda baliqlar va kalmarlar qayd etilgan. Seldlar bilan bitta to‘rga tushib qolishidan, bu baliqlarning seldlar bilan ham oziqlanishini ko‘rsatadi. Yelka suzgichining uzunlashgan birinchi shulalari tomonidan hosil bo‘lgan boshining ustidagi “toj” tufayli bu baliq “Seldlar qiroli” degan nom olgan.
Seldlar qiroli odatda, tanasini tik qilib, boshi yuqoriga ko‘tarilgan holatda suzadi. Shu bilan birga uning zichligi suvnikidan kattaroq bo‘lgani sabab u o‘z tanasini cho‘kishdan saqlab, bir maromda ushlab turadi va uzun yelka suzgichining to‘lqinsimon harakatlari natijasida asta-sekin yoniga siljiydi. Seld qirolini ovlash iqtisodiy ahamiyatga ega emas. Uning go‘shti iste’molga yaramaydi, hatto hayvonlar ham uni iste’mol qilmasligi mumkin. U faqat baliqchilik sporti ob’ekti sifatida alohida qiziqish uyg‘otadi.
LiveBarchasi