“To‘dako‘l” dam olish maskanida 16 yashar bola to‘satdan vafot etdi
3-sahifa
−
28 iyun 2022
13235Navoiy viloyati “To‘dako‘l” dam olish maskanida voyaga yetmagan 16 yoshli bola to‘satdan vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 25 iyun kuni soat 15:45 larda Qiziltepa tuman Tibbiyot birlashmasiga 2006 yilda Navoiy shahrida tug‘ilgan voyaga yetmagan N.D. “To‘dako‘l” dam olish maskaniga borib, to‘satdan vafot etganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan.
Shifokor xulosasiga ko‘ra, N.D. “to‘satdan o‘lim sindromi, o‘tkir yurak qon tomir nafas yetishmovchiligi” oqibatida vafot etgan.
Holat yuzasidan surishtiruv harkatlarini tuman prokuraturasi olib bormoqda.
LiveBarchasi