TTAda to‘lov kontrakti keskin oshiriladi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent tibbiyot akademiyasidagi ayrim yo‘nalishlarda kontrakt narxi o‘tgan yilga nisbatan 2,13 barobarga oshib, qariyb 20 million so‘m bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu xabarlar yuzasidan akademiyaning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Shuhrat Boymurodov talabalarga videomurojaat bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, TTAda kontrakt faqat 1-kursga qabul qilinayotgan talabalar uchun oshirilgan. Qolgan kurslarda o‘qiyotgan talabalar yo‘nalishlar kesimida hukumat belgilaydigan bazaviy kontrakt miqdorini to‘laydi.

1-kurslar uchun kontrakt miqdori oshirilishi TTAga akademik mustaqillik berilgani, keyingi 3 yilda kontrakt miqdori o‘zgarishsiz 9,1 mln so‘m bo‘lgani, bu vaqt mobaynida esa inflyatsiya davom etgani sabab bo‘lgan.

“Moliyaviy mustaqillik berilganidan keyin, har bir talabaga o‘rtacha xarajat miqdorini aniqlaydigan nizom bor. Unga ko‘ra, tushgan pullar akademiya professor-o‘qituvchilariga oylik maosh sifatida, qolaversa, o‘quv laboratoriyalari sifatini oshirish, axborot texnologiya vositalari, infratuzilma uchun mo‘ljallangan.

Hozirgi kungacha TTA o‘quv jihozlari, infratuzilmasi, laboratoriya va talabalar turar joylarini ta’mirlash yetarli darajada bo‘lmagan. Keyingi yilda talabalar turar joylaridagi o‘rinlar soni 1,5 mingtadan 3,5 mingtaga ko‘paytirilyapti”, deydi Boymurodov prorektor.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

369

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing