SSKA Fayzullayevga narx belgiladi
Sport
−
26 aprel
19182Moskvaning SSKA klubi o‘zbekistonlik yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayevni 12 million yevrodan kamiga sotmoqchi emas. Bu haqda insayder Ivan Karpov o‘z Telegram sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, moskvaliklar yozda bir nechta chiziqlarni kuchaytirmoqchi. Buning uchun “armiyachilar” yetakchilaridan birini sotish kerak.
SSKA Abbosbek Fayzullayevga atrofidagi qiziqishlarni inobatga olib, uni kamida 12 million yevroga sotmoqchi.
Abbosbekning SSKA bilan tuzgan shartnomasi kelasi yilning yozida yakunlanadi. 21 yoshli futbolchi joriy mavsum 32 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 3 ta gol va 7 ta golli uzatma bor. “Transfermarkt” nashri futbolchini 8 million yevroga baholagan.
LiveBarchasi