Sirkda 46 milliardlik rekonstruksiya boshlandi
Jamiyat
−
04 iyul 2019
360160 yillik tarixga ega bo‘lgan Toshkent davlat sirki 2020 yilning mart oyiga kelib yangi qiyofa kasb etadi. Ayni vaqtda sirk binosida qiymati 46 millard 630 millionlik rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabarida aytiladi.
Toshkent davlat sirkining hozirgi binosi 1966 yilda Toshkentda sodir bo‘lgan kuchli zilziladan 10 yil o‘tib qurilgan. U bir vaqtning o‘zida 2700 tomoshabinni bag‘riga sig‘dira oladi. Biroq, bir vaqtlar MDH mamlakatlarida katta dovrug‘ qozongan Toshkent davlat sirki oxirgi 10 yillikda eskirib qolgan boshqaruv tizimi, xodimlarga kam maosh to‘lanishi, dasturlar va namoyishlar qisqartirilishi, yosh mutaxassislarning yetishmasligi, moddiy-texnik bazaning zaifligi, hayvonlarni saqlash holati qoniqarli emasligi sabab tomoshabinlar oyog‘i uzildi.
Toshkent davlat sirki rekonstruksiyaga muhtoj ahvolda edi. Binoning usti yaltiroq bo‘lgani bilan, ichidagi haqiqiy ahvol ishchilarga ko‘proq ayon.
Ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari 305 kunda tugatiladi. Ayni vaqtda yordamchi binolarda ish qizg‘in. Keyinroq, sirk maneji (sahna) va o‘rindiqlari ham butkul o‘zgartiriladi.
Rekonstruksiya ishlari kelasi yil Navro‘z bayramiga qadar yakunlanishi va’da qilinmoqda.
LiveBarchasi