Trillionlar: MIB 7 oyda davlat foydasiga qancha pul undirgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
06 avgust 2021 5733 1 daqiqa
Joriy yilning 7 oyida Majburiy ijro byurosi tomonidan davlat foydasiga 5,2 trln so‘m undirildi. Bu haqda AOKAda Bosh prokuratura huzuridagi MIB rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, byuro organlari tomonidan joriy yilning 7 oyida jami 12,9 trln so‘mlik hujjatlar ijrosi ta’minlanib, amalda undiruv ko‘rsatkichi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 barobarga o‘sgan:
- birgina davlat foydasiga 5,2 trln so‘m mablag‘ undirilib, bu boradagi ko‘rsatkich 2,3 barobarga oshgan;
- tadbirkorlik sub’ektlari foydasiga 4,8 trln so‘m, banklar uchun 2,2 trln so‘m va fuqarolar manfaatlariga 750,9 mlrd so‘m undirilgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr