Trevoga emas bong. 30 ta harbiy atamaning özbekça muqobili tasdiqlandi
O‘zbekiston
−
4200 2 daqiqa
Özbekistonda harbiy sohada qöllaniladigan 30 ta atamaning özbekça muqobili tasdiqlandi. Bu haqda Fanlar akademiyasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, yangi atamalar özbek tilining qoida va me’yorlariga moslaştirilib, rasmiy muomalaga kiritiladi. Mudofaa vazirligida jamoatçilik asosida faoliyat yurituvçi atamalar böyiça işçi guruh tomonidan işlab çiqilgan takliflar Davlat tilini rivojlantiriş departamentida jamlanib, Atamalar komissiyasi tomonidan soha mutaxassislari iştirokida ekspertizadan ötkazilgan.
Özbekça muqobili tasdiqlangan 30 ta harbiy atama:
- Akselbant – zarband;
- Ambrazura – şinak;
- Ataka – hamla;
- Baraban – dovul;
- Barabançi – dovulçi;
- Blindaj – panajoy;
- Blokada – qamal;
- Bronejilet – zirhnimça;
- Blokpost – tösiqpost;
- Veşmeşok – yukxalta;
- Gaupvaxta – bandixona;
- Gorn – burğu;
- Gornçi – burğuçi;
- Diversiya – qöporuvçilik;
- Diversant – qöporuvçi;
- Dubinka – darra;
- Dozor – erovul;
- Kokarda – jiğa;
- Kotelok – qozonça;
- Mişen – nişon;
- Okop – xandaq;
- Protivogaz – gazniqob;
- Rejim – tartibot;
- Tranşeya – xandaq yölagi;
- Trevoga – bong;
- Trençik (harbiy boş kiyim zanjirboği) – zanjirboğ;
- Tribunal – harbiy mahkama;
- Furajka – börk;
- Fortifikatsiya – istehkom;
- Şevron – uqa.
Bildirilişiça, mazkur işlar 2020–2030 yillarda özbek tilini rivojlantiriş va til siyosatini takomillaştiriş konsepsiyasi hamda davlat tilini rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar doirasida amalga oşirilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq özbek tilida keng qöllaniladigan 40 ta xorijiy atama özbekçaga tarjima qilingan edi.
Live
Barçasi