Trass “voris”ini Ukrainaga yordam berishga chaqirdi

Olam

image

Buyuk Britaniya Bosh vaziri lavozimini tark etayotgan Liz Trass o‘zining so‘nggi nutqida vorisi Rishi Sunakni Ukrainaga yordam berishda davom etishga chaqirdi. Bu haqda TASS nashri xabar bermoqda.

“Biz hokimiyatdagi kichik guruhlar qo‘lida to‘plangan avtokratik rejimlarni yengib o‘tishga qodir bo‘lishimiz lozim. Endi Ukrainaga har qachongidan ham ko‘proq yordam berishimiz, shu bilan birga vatanimiz mudofaasini kuchaytirishda davom etishimiz kerak. Bular men erishmoqchi bo‘lgan orzulardir”, deydi u o‘z nutqida.

Shuningdek, u bu rejalarni amalga oshirishda Rishi Sunakga Britaniya farovonligi uchun muvaffaqiyatlar tiladi.

“Bu buyuk davlatning Bosh vaziri lavozimida ishlash, ayniqsa, 70 yil xalqqa xizmat qilgan qirolicha Yelizaveta II vafoti munosabati bilan o‘tkazilgan motam marosimlarida unga rahbarlik qilish va so‘nggi manzilga kuzatish, hamda qirol Charlz III ning taxtga o‘tirishini mamnuniyat bilan qabul qilish men uchun katta sharaf edi”, deya qo‘shimcha qildi u.

Uning ta’kidlashicha, hukumatining asosiy yutuqlari qatorida ijtimoiy sug‘urta solig‘ini oshirishdan voz kechish, shuningdek, uy xo‘jaliklari va korxonalar uchun elektr energiyasi tariflarini muzlatish lozim.

Trass shuningdek, mamlakat bo‘ronga qarshi kurashishda davom etayotganini eslatib, bu borada Britaniya xalqiga ishonishi va oldinda yorqinroq kunlar kutayotganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Trass Britaniya Bosh vaziri lavozimini eng qisqa vaqt egallagan hukumat rahbariga aylandi. 20 oktyabr kuni o‘zining iqtisodiy siyosati muvaffaqiyatsizlikka uchragani va konservativ partiyadagi hamkasblarining noroziligi kuchayib borayotganidan so‘ng iste’foga chiqishini e’lon qildi.

Temur Jumayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

50

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing