Transport vazirligi ogohlantirish bilan chiqdi
Jamiyat
−
09 iyun 2025 10856 1 daqiqa
Afg‘onistondagi Salang dovonida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Shu sababli dovon vaqtincha yopiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi ogohlantirish bilan chiqdi.
Afg‘oniston tomonining ma’lumotiga ko‘ra, Salang dovonida navbatdagi ta’mirlash jarayoni olib borilishi tufayli dovon orqali katta hajmli yuk transport vositalarining harakatlanishi ertaga, 10 iyundan boshlab vaqtincha to‘xtatiladi.
Mazkur yo‘nalish orqali xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirishni rejalashtirgan tashuvchilardan ushbu jihatni inobatga olish so‘ralgan.
Transport vazirligi Pokiston va Pokiston portlariga yuk tashuvlarini boshqa muqobil transport yo‘nalishlari orqali amalga oshirishni tavsiya etgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025