Transport vaziriga maslahatchi tayinlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Timur Bahodirovich Allayarov Transport vazirining Logistika va turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ning Vazirlar Mahkamasidagi manbasi xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Timur Allayarov 2016 yilda Xalqaro Vestminster universitetini tamomlagan.

Allayarov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti va boshqa davlat muassasalarida mas’ul lavozimlarda ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

156

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing