Transport sohasida 2,5 yilda necha milliard “rastrata” qilingani ma’lum bo‘ldi

3-sahifa

image

2019-2020 yillar hamda joriy yilning birinchi yarmida transport sohasidagi korxona va tashkilotlarning 375 nafar xodimi jinoiy javobgarlikka tortilgan va ularning 358 nafari (95 foizi) korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etgan. Ushbu jinoyatlar ortidan 24 mlrd mablag‘ talon-toroj qilingan. Bu xaqda kecha, 20 oktyabr kuni Oliy Majlis yuqori palatasining yigirmanchi yalpi majlisida Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burxanov ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar yetarli darajada moliyalashtirilmagan. 2021 yilda ushbu maqsadlar uchun yo‘naltirilgan mablag‘ mavjud ehtiyojning bor-yo‘g‘i 27 foizini tashkil qilgan. Shuningdek, avtomobil yo‘llariga mas’ul bo‘lgan Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tizimidagi 149 nafar xodim ham jinoyat sodir etgan. 

Shuningdek, senatorning ta’kidlashicha, Transport vazirligi huzuridagi Yo‘l qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan so‘nggi ikki yilda 2 mingdan ortiq qonun buzilish holatlari aniqlangan bo‘lsada, prokuratura organlariga bor yo‘g‘i 8 ta material yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning Oliy va o‘rta maxsus ta’limi tizimida 9 oy mobaynida qariyb 14 mlrd so‘mlik moliyaviy kamchiliklar aniqlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

57

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing