Transport nazorati inspeksiyasiga yangi boshliq tayinlandi

Jamiyat

image

Jamshid Abduhamidovich Karimov Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori bilan Jamshid Karimov Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlangan. 

Karimov mazkur tayinlovga qadar – 2020 yilning fevral oyidan beri Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – Yo‘l harakati xavfsizligini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Undan avval esa Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi birinchi o‘rinbosari – yo‘l-patrul xizmati brigadasi komandiri bo‘lib ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Transport nazorati inspektsiyasi Jamshid Karimov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing