Trampning sobiq maslahatchisi davlat to‘ntarishi tayyorlashda qatnashganini tan oldi

Olam

image

AQSHning sobiq Prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Jon Bolton xorijda davlat to‘ntarishi tayyorlashda ishtirok etganini tan oldi.

“Bu yerda [AQSHda] emas, balki boshqa joylarda davlat to‘ntarishlarini rejalashtirishga yordam bergan odam sifatida aytmoqchimanki, bu adolatli ish”, degan u CNN telekanaliga bergan intervyusida 2021 yil yanvar oyida Tramp tarafdorlarining Kapitoliyga bostirib kirganini izohlar ekan.

Bolton Tramp rejalarini tez-tez o‘zgartirib turganini, oqibatda namoyishchilar Kapitoliy binosiga bostirib kirishgacha borganini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, 2021 yilning 6 yanvarida respublikachi Tramp tarafdorlari 2020 yilning noyabrida o‘tkazilgan prezidentlik saylovi natijalarini tasdiqlashga to‘sqinlik qilish maqsadida Kongress binosiga bostirib kirgandi. Negaki saylovda demokrat Jo Bayden g‘alaba qozongandi. Bino ichidagi tartibsizliklar vaqtida politsiya bir namoyishchini otib o‘ldirgan. To‘qnashuvlardan keyin Kapitoliy politsiyasi xodimi halok bo‘lgan.

Tramp 2020 yilgi prezidentlik saylovi natijalaridan norozi bo‘lib, uzoq vaqt bahslashdi, u va boshqa respublikachilar ovoz berishda tizimli qoidabuzarliklar bo‘lganini da’vo qildi. Ular bir necha shtatlarda ovozlarni qayta sanab chiqishni talab qilib, sudlarga bir necha bor murojaat qilishgan. Biroq, respublikachilarning harakatlari muvaffaqiyatli bo‘lmadi, ularning da’volari sudlar, jumladan, AQSH Oliy sudi tomonidan rad etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Jon Bolton Donal'd Tramp

Baholaganlar

214

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing