Trampning odami Putinni ko‘ndirish uchun Rossiyaga bordi
Olam
−
13 mart 5423 1 daqiqa
Bugun, 13 mart kuni AQSH Prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoffning samolyoti Moskvaning Vnukovo aeroportiga qo‘ndi. Bu haqda “Flightradar” xizmati ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Gulfstream G650 samolyoti Dohadagi Hamad xalqaro aeroportidan havoga ko‘tarilgan. Moskva vaqt bilan 11:40 atrofida samolyot Latviya yo‘nalishidan Rossiya havo hududiga kirgan.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, Ukraina kelishuvi bo‘yicha AQSH tomonidan muzokarachilar Rossiyaga uchib kelmoqda va bugun, 13 mart kuni tegishli muloqot o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Qolaversa, kecha, 12 mart kuni Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt ham Uitkoff Ukrainadagi mojaroni hal qilish masalasini muhokama qilish uchun Moskvaga borishini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan AQSH-Ukraina muzokaralari natijasida 30 kunlik sulh joriy etish taklifining mohiyati haqidagi tafsilotlarni kutayotganini aytgandi. Peskovning so‘zlariga ko‘ra, AQSH Davlat kotibi Marko Rubio va AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Maykl Uolts ushbu muzokaralar haqida batafsil ma’lumot taqdim etishi kerak.
Live
Barchasi