Trampning odami HAMASning javobidan qoniqmadi
Olam
−
02 iyun 2025 3102 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff HAMAS tomonidan AQSHning o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifiga bergan javobini “mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi” deb baholadi. Bu haqda u o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirdi.
“Men HAMASning Amerika taklifiga bergan javobini oldim. Bu javob mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan va bizni faqat orqaga qaytaradigan javob”, deya yozgan Uitkoff.
U HAMAS guruhi AQSH tomonidan taqdim etilgan rejani bilvosita muzokaralar boshlanishi uchun qabul qilishi zarurligini ta’kidlagan. Muzokaralar keyingi haftada boshlanishi mumkin.
Uitkoffga ko‘ra, 60 kunlik o‘t ochishni to‘xtatishning yagona yo‘li – bu taklifni qabul qilishdir. Uning aytishicha, kelishuv mahbuslarning oilalariga qaytishini ta’minlaydi va barqaror tinchlik jarayoniga zamin yaratadi.
Prezident Donald Tramp jurnalistlarga bergan bayonotida, bu kelishuv 24 soat ichida yoki undan ham oldinroq e’lon qilinishi mumkinligini bildirgan.
HAMAS esa yozma javobida doimiy o‘t ochishni to‘xtatish, Isroilning G‘azo sektoridan to‘liq chiqib ketishi va falastinliklarga gumanitar yordam ko‘rsatishni davom ettirish niyatida ekanini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Falastinning HAMAS guruhi AQSHning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff tomonidan G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha yangi taklifni qabul qilgani haqida xabar berilgandi. Ba’zi manbalarga ko‘ra, sulhni Isroil birinchi bo‘lib qabul qilgan, ammo HAMAS haligacha yakuniy qarorini aytgani yo‘q.
Ushbu sulh quyidagi shartlarni o‘z ichiga oladi:
G‘azo sektorida 60 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish;
10 nafar tirik garovga olingan asirni ozod qilish;
18 nafar halok bo‘lganlar jasadini qaytarish;
Buning evaziga Isroil taxminan 1 500 nafar falastinlik mahbusni ozod qilishi kerak bo‘ladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025