Trampning eng yaqin yordamchisida koronavirus aniqlandi
Olam
−
02 Oktabr 2020
6822AQSH Prezidenti Donald Trampning maslahatchisi Xoup Xiksda koronavirus aniqlandi. Bu haqda "Bloomberg" agentligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, Xiks Amerika rahbarining eng yaqin yordamchilaridan biri. Xiks Trampga 29 sentyabr kuni Klivlenddagi bahslarda, 30 sentyabr kuni esa Minnesota shtatidagi mitingda hamrohlik qilgan. Ammo, manbalarga ko‘ra, Oq uy rahbarida koronavirus alomatlari aniqlangani yo‘q.
Trampning kotibi o‘rinbosari Jadd Dir Xiksga koronavirus tashxisi qo‘yilgani haqidagi ma’lumotni izohladi. U Oq uyda koronavirusga oid barcha tavsiyalar bajarilishini va infeksiya tarqalishiga qarshi choralarga qat’iy rioya qilish kuzatib borilishini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, Oq uyda yangi koronavirusga chalinish holatlari bir necha bor qayd etilgan. Masalan, AQSH vitse-prezidenti Maykl Pensning Matbuot kotibi bo‘lgan Keti Millerda koronavirus aniqlangan. Keyinchalik, Milliy xavfsizlik bo‘yicha AQSH Prezidenti yordamchisi Robert O'Brayenda ham koronavirus aniqlangan. Hozirda ularning ikkisi ham sog‘ayib, ishlariga qaytishgan.
Ma’lumot uchun, AQSHda navbatdagi prezidentlik saylovlari 3 noyabr kuni o‘tkaziladi. Respublikachi Trampga demokrat Bayden raqiblik qiladi. Vitse-prezidentlik uchun Maykl Pens va Kamola Xarris bellashadi.
LiveBarchasi