Trampga suiqasd uyushtirildi (video)

Olam

image

AQSH poytaxtida joylashgan Washington Hilton mehmonxonasida Prezident Donald Tramp ishtirok etayotgan tadbir vaqtida qurolli hodisa yuz berdi. Shu sababli Prezident va tadbir ishtirokchilari evakuatsiya qilindi. Bu haqda BNO News xabar berdi. 

Voqea kecha, 25 aprel kuni Oq uy muxbirlari assotsiatsiyasining an’anaviy kechki ovqat marosimi paytida sodir bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, noma’lum erkak mehmonxona ichida o‘q uzgan. Xavfsizlik kuchlari banket zalini o‘rab olgan, u yerda yuzdan ortiq odam Trampning nutqini kutayotgan edi. Guvohlar 5–8 marotaba o‘q ovozi eshitilganini aytgan. Hujumchi zalga kira olmagan, hodisa mehmonxonaning boshqa qismida yuz bergan.

Tadbirda Trampdan tashqari birinchi xonim Melaniya Tramp, vitse-prezident Jey Di Vens, Mudofaa vaziri Pit Hegset va Davlat kotibi Marko Rubio ham ishtirok etgan. Ularning barchasi, shuningdek jurnalistlar xavfsiz joyga olib chiqilgan.

Dastlab hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan. Keyinroq Oq uy ma’lumotiga ko‘ra, AQSH Maxfiy xizmati gumonlanuvchini qo‘lga olgan.

Tramp Truth Social’dagi sahifasida hujumchi qo‘lga olinganini tasdiqlab, xavfsizlik xizmatlari tezkor va jasorat bilan harakat qilganini ta’kidlagan. Uning aytishicha, hujumchi bir nechta qurol bilan kelgan va otishma vaqtida Maxfiy xizmat xodimlaridan biriga o‘q tekkan, biroq u bronjilet tufayli omon qolgan.

Hodisa sabab jurnalistlar bilan uchrashuv keyinga qoldirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH harbiylari Donald Trampga qarshi suiqasd rejasiga aloqador deb hisoblangan eronlik amaldorni yo‘q qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing