Trampda Braziliya Prezidentiga minnatdorchilik bildirish istagi tug‘ildi
Olam
−
06 mart 2020
4809AQSH Prezidenti Donald Tramp ertaga, 7 mart kuni Braziliya Prezidenti Jair Bolsonaru bilan uchrashadi. Bu haqda Oq uyda ma’lum qilishgan.
Uchrashuv Tramning Florida yaqinidagi Mar-a-Lago qarorgohida bo‘lib o‘tadi.
Ikki Prezident "yanada rivojlangan, xavfsiz va demokratik dunyo" masalasini muhokama qiladi. Bundan tashqari, Venesuela, Yaqin Sharq, iqtisodiy o‘sish siyosati va infratuzilishga sarmoyalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
"Prezident ushbu uchrashuvdan foydalanib, AQSH bilan kuchli ittifoqchilik munosabati uchun Braziliyaga minnatdorchilik bildiradi", dedi Oq uy vakili Stefani Grisham.
LiveBarchasi