Tramp JSSTni moliyalashtirishni to‘xtatdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp rasmiy Vashington Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini (JSST) moliyalashni to‘xtatishini ma’lum qildi.

“Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusga qarshi ko‘rayotgan choralaridagi xatolarini ko‘rib chiqmaguncha men ularni moliyalashtirishni to‘xtataman”, degan Tramp.

Prezidentning ta’kidlashicha, JSST koronavirus bilan bog‘liq ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etmagan va dunyo jamoatchiligini yetarlicha ogohlantira olmagan.

“JSST mana shu asosiy vazifasini uddalay olmadi va bunga javob berishi kerak”, degan Tramp.

Oq uy sohibi tashkilotni Uxanda Xitoy hukumati berayotgan rasmiy ma’lumotlarga zid keluvchi ma’lumotlar yuzasidan yetarlicha tekshiruv o‘tkazmaslikda aybladi.

Trampning fikricha, tashkilotning harakatsizligi sababli ko‘p vaqt yo‘qotilgan. Agar Xitoyga o‘z vaqtida JSST mutaxassislari yuborilganda virus keng ko‘lamda tarqalmagan, ko‘plab odamlar halok bo‘lmagan va iqtisodiy yo‘qotishlardan qochish mumkin bo‘lardi deb ishonmoqda Amerika rahbari. Bundan tashqari, tashkilot aviaqatnovlarni to‘xtatishga zarurat yo‘qligini qat’iy ta’kidlagandi.

Bungacha Donald Tramp JSSTni katta moliyaviy yordamni AQSHdan olgani holda, asosiy e’tiborni Xitoyga qaratayotgani uchun bir necha marta tanqid qilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

JSST koronavirus

Baholaganlar

169

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing