Tramp yana bir milliarderni hukumat tarkibiga qo‘shmoqchi

Olam

image

AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp  Mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimiga milliarder Stiven Faynberg nomzodini ilgari surmoqda. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilgan.

Trampning ta’kidlashicha, 2017 yildan 2021 yilgacha bo‘lgan prezident sifatidagi birinchi muddati davomida tadbirkor razvedka maslahat kengashida ishlagan.

“Stiven Faynberg Mudofaa vazirining o‘rinbosari bo‘lib ishlaydi va Pentagonni yana buyuk qilishga yordam beradi. Juda muvaffaqiyatli biznesmen, Stiven Prinseton bitiruvchisi bo‘lib, u o‘zining Cerberus kompaniyasiga 1992 yilda asos solgan”, deya yozgan Tramp.

Ma’lumot uchun, Faynberg xususiy investitsiya kompaniya Cerberus Capital Management LP'ning asoschilari va direktorlaridan biri. “Reuters” xabariga ko‘ra, firma mudofaa pudratchilariga ham sarmoya kiritadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp “Fox News” telekanali boshlovchisi Pit Xegsetni AQSH Mudofaa vaziri lavozimiga nomzod qilib ko‘rsatgandi. Shuningdek, Tramp Tesla, SpaceX va X ijtimoiy tarmog‘i egasi Ilon Maskni hukumat samaradorligini oshirish va byurokratiyaga qarshi kurashish bilan shug‘ullanadigan yangi idoraga rahbarlik qilishini e’lon qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Stiven Faynberg

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing