Tramp va Putin sammiti boshlandi
Olam
−
16 avgust 6079 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi boshlandi.
Ikki yetakchi bazadagi xonada yonma-yon o‘tirgan bo‘lib, ularning delegatsiyalari esa yonida joylashgan edi.
Ular orqasida “Tinchlik sari intilish” degan yozuv tushirilgan ko‘k fon bor. Yetakchilar hech qanday bayonot berishmadi va jurnalistlar savollar berganida ham javob qaytarishmadi.
“Katta rahmat. Rahmat”, dedi Tramp.
Jurnalistlar tezlik bilan xonaning tashqariga chiqarildi.
Prezidentlar o‘rtasidagi yakkama-yakka uchrashuv bo‘lishi kerak edi. Biroq u bo‘lmaydigan bo‘ldi. Buning o‘rniga “uchga-uch” shaklida muzokara bo‘lib o‘tmoqda. Amerika vakillari sifatida Tramp bilan birga Davlat kotibi Marko Rubio va Prezidentning maxsus vakili Stivin Uitkoff ishtirok etyapti. Rossiya tomonidan “uchga-uch” formatdagi Tramp bilan muzokaralarda Putin bilan birga Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Prezident yordamchisi Yuriy Ushakov qatnashyapti.
Live
Barchasi