Tramp va Baydenning navbatdagi “jangi” bekor bo‘ldi

Olam

image

AQSH prezidentligiga nomzodlar Donald Tramp va Jo Baydenning 15 oktyabrga belgilangan ikkinchi debati bekor qilindi. Bu haqda AQSH prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi debatlari bo‘yicha komissiyasi ma’lum qildi.

"Nomzodlarning har biri ushbu kun uchun o‘zlarining rejalari borligini e’lon qilishdi", deyilgan komissiya bayonotida. Shu munosabat bilan komissiya 15 oktyabrda hech qanday debat bo‘lmasligi aniq, degan xulosaga kelgan. 

Tashkilotchilar Tramp koronavirusga chalingani uchun debatni onlayn formatda o‘tishini talab qilishgan. Shunda Tramp onlayn tarzda bahslashishdan bosh tortgan. Bayden esa bu fikrga norozilik bildirmagan.

Tramp yuzma-yuz bahslashishni talab qilib, davolovchi shifokori Shon Konlining tashxisini ko‘rsatgan. Unda Trampning tuzalganligi qayd etilgan. Shuningdek, Konli Tramp 10 oktyabr kuni to‘liq ish kuniga qaytishi mumkinligi haqida aytgan. 

Ta’kidlanishicha, bekor qilingan debatni 22 oktyabr kuni o‘tkazish mumkin. 

Tramp bugun, 10 oktyabr kuni Oq uydan turib yig‘ilish o‘tkazishni rejalashtirgan. 12 oktyabr kuni esa Floridadagi mitingga borishini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, AQSHdagi saylovlarga tobora yaqin qolmoqda. U joriy yilning 3 noyabrida o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

34

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing